Logo

XODIMLAR SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Faoliyati

2025 - yil 7- aprel kuni Navbahor tuman Axborot-kutubxona markaziga Abdulla Qodiriy nomidagi viloyat  Axborot-kutubxona markazi direktori D.Xoliqulov tashrif buyurib,  Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktorining 2019-yil 9 sentabrdagi "Axborot-kutubxona markazi direktori lavozimiga nomzodlarni suhbatdan oʼtkazish bʼoyicha Maxsus komissiya tarkibini tasdiqlash toʼg'risida" gi 92-son buyrug'i asosida 2025 yil 20 fevralda oʼtkazilgan suhbat natijasiga koʼra Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Navoiy viloyati Navbahor  tuman Axborot-kutubxona markazi direktori lavozimiga Temirov G'iyosiddin Sayfiddinovichni direktor vazifasiga tayinlanganligi buyrug'i bilan tanishtirib o'tdi. Tashrif davomida tuman markazida yangi qad rostlayotgan kutubxona binosi qurulishi bilan tanishib chiqdi.

2025 yil 8 aprel kuni Navbahor tuman Axborot-kutubxona markazida Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi bilan hamkorlikda o‘quvchilarning maʼnaviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikma va malakalarini oshirish, keksa avlodga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida 9-10 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Eng faol kitobxon o‘quvchi" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovda 23 maktab o‘quvchisi Isroilova Mehriniso viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Xotira-muqaddas va aziz tuygʻu. Joriy yilning 8-may kuni Navbahor tuman Axborot-kutubxona markazi, Navbahor tongi gazetasi hamda Navbahor tuman 2-son Politexnikumi bilan hamkorlikda Navbahor tumanining aziz dilbandi, oʻz kasbining ustasi boʻlgan, mahalliy ijodkor, jurnalist, oilaparvar inson Narzulla Tilavovning 80 yillik tavalludiga bagʻishlab  "Qadim yurtning qalamkashlari" mavzusida xotira kechasi oʻtkazildi. Xotira kechasiga ijodkorning oila a'zolari, shogirdlari taklif etildi.Xotira kechasini  Axborot-kutubxona markazi direktori Gʼ. Temirov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Tadbirda jurnalist Narzulla Tilavovning  shogirdlaridan Navoiy Davlat Universiteti dotsenti J.Mustafoyev, mahalliy ijodkorlar N.Poʻlatova, M.Nazarovalar soʻzga chiqib ustozlarining hayoti va ijodi haqida gapirib oʻtdilar. Tadbir soʻnggida N.Tilavovning hayoti va ijodiga bagʻishlangan videorolik namoyish etildi.

2025 yil 2- may kuni Navbahor tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari òrtasida "Islohotlar inson, uning qadri uchun" mavzusida ma'rifat soati òtkazildi. Ma'rifat soatini Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat kòrsatish xizmati mutaxassisi J.Muzaffarova òqib eshittirdi. Ma'rifat soatida barcha AKM xodimlari ishtirok etdi.

Navbahor tumani Axborot kutubxona markazi OAV nigohida

2025 - yil 29-aprel kuni Navbahor tuman Axborot-kutubxona markazi hamda 2-son Politexnikumi bilan hamkorlikda yoshlarni salohiyatini oshirish maqsadida "Inson qadrini uluğlash eng muhim mezon" mavzusida kitobxonlar oʻrtasida savol-javob kechasi oʻtkazildi. Savol-javob kechasida òquvchi yoshlar berilgan savollarga faollik bilan javob berishdilar.